Kishinyov aeroportida otishma sodir etgan tojikistonlik ekstraditsiya qilinmaydi – Bosh prokuror

Olam

image

Moldova joriy yilning 30 iyun kuni Kishinyov aeroportida o‘q uzgan Tojikiston fuqarosini ekstraditsiya qilmaydi. Buni haqda Moldova Bosh prokurori Ion Muntyanu ma’lum qildi.

Bosh prokurorga ko‘ra, Moldova sudi Kishinyov aeroportida otishma sodir etgan Rustam Ashurov ishini ko‘rib chiqadi.

“Kishinyov aeroportida o‘q uzgan Tojikiston fuqarosi vataniga ekstraditsiya qilinmaydi. U Moldovada sud qilinadi. Kishinyov aeroportidagi otishma terakt emas, qotillik aybi bilan jinoiy ish ochilgan. Uni umrbod qamoq jazosi kutmoqda”, deydi Muntyanu.

Ammo sud qachon bo‘lishi ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Moldovaning Kishinyov aeroportida Tojikiston fuqarosi 43 yoshli Rustam Ashurov otishma sodir etgandi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi jarohatlangandi. U Tojikistonda joriy yilning 23 iyun kuni “Oriyonbank” raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Ismatulloyevni o‘g‘irlab ketganlikda ayblangan. Shundan so‘ng, u yashirinish maqsadida Turkiya orqali Moldovaga qochib ketgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Moldova otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing