Ukraina Rossiya generalini o‘ldirganini tasdiqladi
Olam
−
17 dekabr
8986Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiya Qurolli kuchlarining Radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov va yordamchisining o‘ldirilishida bevosita aloqador. Bu haqda Ukraina departamentidagi manbalarga tayanib, "Reuters" xabar berdi.
“Ukraina Xavfsizlik xizmati bugun, 17 dekabr kuni Moskvada o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida rossiyalik general-leytenant Igor Kirillovni o‘ldirdi”, deyiladi xabarda.
"Reuters" manbasining aytishicha, Kiyev Kirillovni harbiy jinoyatchi va “mutlaqo qonuniy nishon” deb biladi. Ukraina rossiyalik generalni Ukraina qo‘shinlariga qarshi kimyoviy qurol qo‘llashga buyruq berganlikda aybladi.
Biroq manbalar ularning da’volariga hech qanday dalil keltirmagan.
Ukrainaning ayrim Telegram-kanallari rossiyalik general urushda kimyoviy qurollarni qo‘llash haqida shaxsan topshiriq bergani va buning ortidan harbiy jinoyatlarda gumonlanayotganini yozgandi. Xususan, Ukrainaning janubiy va sharqiy hududlarida kimyoviy qurollarning ommaviy qo‘llanishi uchun amaldor Kirillovning buyrug‘iga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri 4,8 mingdan ortiq holatlar sodir bo‘lgan. Xavfsizlik xizmati ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ushbu ma’lumotlarni tasdiqlagan.
54 yoshli Kirillov Rossiya Kimyoviy mudofaa harbiy akademiyasini tamomlagan. 2017 yilga qadar ushbu akademiyaga rahbarlik qilgan. 2017 yilning aprelida Radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa kuchlari boshlig‘i bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning yuqori harbiy amaldorlaridan biri bo‘lgan Igor Kirillovga nisbatan ochilgan Ukraina Jinoyat kodeksining 438-moddasida harbiy asirlarga yoki tinch aholiga shafqatsiz munosabatda bo‘lish, tinch aholini majburiy mehnatga jalb etish uchun deportatsiya qilish, bosib olingan hududlarda milliy boyliklarni talon-toroj qilish, xalqaro maydonda taqiqlangan urush usullarini qo‘llash uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvaning Ryazanskiy tumanidagi turarjoy binosiga kiraverishi yonidagi portlashda Rossiya Qurolli kuchlarining Radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov va uning haydovchisi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi