Kirakashlar nega o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kiritilmaganiga izoh berildi
Jamiyat
−
24 dekabr 2020
6966O‘zbekistonda kirakashlar xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z o‘zini ban qiluvchi fuqarolar qatoriga kiritilmayapti. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarov ma’lum qildi.
“Ushbu masala juda ham muhim va dolzarb hisoblanadi. Barcha hududlarda taksi xizmatini ko‘rsatuvchi fuqarolar ko‘p. Ularning faoliyatiga qonuniy sharoit yaratilsa, ularning ijtimoiy muammolari ham hal bo‘ladi.
Lekin kirakash o‘zini o‘zi band qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, aholining xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masala yuzaga keladi. Ya’ni, aholi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga qo‘yiladigan talablarni har bir o‘zini o‘zi band qilgan kirakash ham bajarishi kerak degan masala ko‘tarilgan va 67 talik ro‘yxatdan chiqarib tashlangan”, deydi Umarov
Unga ko‘ra, bu borada ish to‘xtab qolmagan. Ushbu masala bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tuzilgan hamda maqbul yechim izlanyapti. Lekin bu voqea qachon ro‘y berishi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari belgilangandi.
LiveBarchasi