Kimningdir o‘limi – piar uchun sabab emas! – Nargiz Zokirova sobiq eri Ruslan Sharipov haqida

Madaniyat-san’at

image

Xabaringiz bor, kecha, 28 iyul kuni o‘zbek estradasining yorqin yulduzi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni sohibi Ruslan Sharipov 54 yoshida vafot etdi. 

O‘tgan asrning 80-yillar oxiri, 90-yillar boshlarida zamonaviy o‘zbek estradasining shakllanishida beqiyos o‘rin tutgan bastakor, sozanda va xonanda Ruslan Sharipovning vafotiga insult sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Ma’lumki, Ruslan Sharipov ayni vaqtda Rossiyada ijod qilayotgan Zokirovlar sulolasi vakilasi Nargiz Zokirovaning sobiq turmush o‘rtog‘i. Nargiz Zokirova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi Ruslan Sharipovning vafotidan chuqur qayg‘uda ekanini ma’lum qilib, bu fojiadan foydalanib qolmoqda bo‘lgan jurnalistlarga yuzlandi. Jumladan u shunday yozadi: 

"Qadrdon kuzatuvchilarim! Bugun birinchi turmush o‘rtog‘im – Ruslan olamdan o‘tdi. Buni anglash men uchun nihoyatda og‘riqli. Men qayg‘udaman. Hamdardlik bildirib yozgan izohlarida meni belgilagan insonlarning barchasiga minnatdorlik bildiraman. 

Qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib, shuni aytmoqchimanki, ushbu postni ommaga e’lon qilishni istamas edim, chunki kimningdir o‘limi – piar uchun sabab emas! Fojia va o‘limlardan shu yo‘l bilan daromad olishga harakat qiladigan odamlardan esa - nafratlanaman! Shuning uchun, mendan biror sharh yoki izoh kutmasligingizni o‘tinib iltimos qilaman! Bu, shuningdek, Nyu-Yorkda bo‘lgan va jurnalistlarning to‘xtovsiz qo‘ng‘iroq-hurujlariga duch kelgan onamga ham tegishli. 

Bu bizning shaxsiy qayg‘uimiz va uni qanday yengishimiz – oilamizning ichki ishidir. Tushunaman, hozirgi kunda taniqli insonlarning aksariyati bundan foydalanib, umrga tatigulik seriya va syujetlari bilan telekanallar bo‘ylab sayohatni amalga oshirgan bo‘lardilar. Men esa undaylar safiga kirmayman. Mening shaxsiy hayotim sotilmaydi va sotib olinmaydi! Albatta, qalbimda asrab keladigan ko‘plab qadriyatlarim bor, ular haqida aynan sizning xabardor bo‘lishingiz ko‘p ham shart emas. Tushunganingiz uchun rahmat". 

Ruslan Sharipov 1966 yil 10 sentyabr kuni Samarqand shahrida tug‘ilgan. U faqatgina qo‘shiqchi emas, musiqachi va bastakor ham bo‘lgan. Iqtidorli ijodkor "Bolalar", "Setora", "Bayt" kabi mashhur guruhlarni tashkil qilgan. 

1980-yillar oxiri 1990-yillar boshida o‘zbek estradasining rivojlanishi Ruslan Sharipov nomi bilan bog‘liq. U ko‘p yillar "Tarona" kompaniyasida ham faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nargiz Zokirova Ruslan Sharipov

Baholaganlar

3374

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing