Kimning cho‘ntagi qappaygan? Nisbatan yuqori oylik oluvchi soha vakillari e’lon qilindi

Jamiyat

image

Prezident huzuridagi Statistika agentligi O‘zbekistonda 2023 yilning dastlabki uch oyi davomida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqlari miqdorini ma’lum qildi

Hisobotda aytilishicha, O‘zbekistonda moliya va sug‘urta sohasi vakillarining o‘rtacha ish haqi miqdori qolgan sohalarga nisbatan eng yuqori bo‘lib turibdi – 11 million 38,5 ming so‘m. Bundan tashqari, axborot va aloqa (9 million 319,8 ming so‘m), tashish va saqlash (6 million 158,4 ming so‘m), sanoat (5 million 514,3 ming so‘m), qurilish (5 million 95,9 ming), savdo (4 million 543,8 ming so‘m) sohalarining o‘rtacha ish haqi miqdori respublikaning umumiy o‘rtacha ish haqi qiymati (4 million 92,1 ming) dan yuqori. 

Shunga qaramay, ta’lim (2 million 930, 7 ming so‘m), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (2 million 727,7 ming) sohalari vakillari O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi darajasidan past hamda boshqa soha xodimlariga nisbatan eng kam miqdorda maosh olmoqda. Aynan ta’lim sohasi xodimlari soni umumiy xodimlar miqdoriga nisbatan eng katta ulushni tashkil etmoqda (38 foiz)


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston o'rtacha ish haqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing