Kimgadir qarshi do‘st bo‘lish yomon – Putin AUKUS bloki tuzilganiga munosabat bildirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Amerikaning CNBC telekanaliga intervyu berganini xabar qilgandik. 

Putin suhbat davomida AUKUS (Avstraliya-Buyuk Britaniya-AQSH uch tomonlama hamkorligi) tashabbusi va barqarorlikka tahdid masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.  

“Ba’zi bloklarning tashkil etilishi, shubhasiz, mintaqaviy barqarorlikka putur yetkazadi, menimcha, bir-biri bilan do‘st bo‘lish yaxshi, lekin “kimgadir qarshi do‘st bo‘lish” yomon. Bu biz hammamiz gapiradigan va biz qayg‘uradigan barqarorlikka putur yetkazadi”, degan Putin. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden, Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson xavfsizlik sohasida yangi uch tomonlama hamkorlik – AUKUS yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilgandi. Kelishuvga ko‘ra, Avstraliya Fransiya bilan tuzilgan kemasozlikka oid kelishuvdan chiqib, AQSH bilan yadroviy suv osti kemalarini quradi. 

Fransiya Avstraliyaning kelishuvdan chiqishini "ortdan pichoq urish" deb baholadi. Rasmiy Parij Kanberra va Vashingtondagi elchilarini chaqirib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin AUKUS

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing