Kim yolg‘onchi? Grossmeyster yoki federatsiya (video)

Sport

Avvalroq, shaxmat bo‘yicha grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston shaxmat federatsiyasidan ketishi va musobaqalarda AQSH nomidan ishtirok etishiga federatsiya raisi o‘rinbosari Husan Turdialiyev sabab bo‘lgani haqida aytib o‘tgan edi. 

Biroq, Husan Turdialiyev joriy yilning 10 yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida federatsiya uni grossmeyster darajasiga yetkazgani va shaxmatchi o‘zi istagan joyda shaxmat o‘ynashi mumkinligini ma’lum qilgan.

“O‘zbekistonlik ayol grossmeysterlar soni hozirga kelib 5 nafardan oshdi. Nilufar Yoqubboyeva grossmeysterlik normasini bajardi. Sochida o‘tgan Jahon kubogida Gulruhbegim Tohirjonova ham ishtirok etgan va rossiyalik Goryachkinaga yutqazib musobaqani tark etgan. Rapid va blits bo‘yicha Jahon chempionatiga kelgani yo‘q. Uning chet elga ketgani uchun manfaatdor tomonlar buni propaganda qilishdi. Eldor Shomurodov chetda futbol o‘ynayotganidek, shaxmatchi ham istagan joyida o‘ynaydi. Lekin u O‘zbekiston fuqarosi sanaladi. Uning Amerikadagi o‘qishi uchun o‘sha federatsiya 150 000 dollar pul bergan. Tohirjonovaning otasi shunday degan. Bizda esa unday imkoniyat yo‘q. Shaxmatchida vatanparvarlik bo‘lishi kerak. Biz uni grossmeyster darajasiga yetkazdik. Opasi Nafisa Mo‘minova uchun gran-pri musobaqasini uyushtirdik. Bitta shunday turnirni o‘tkazish uchun eng kamida 500 000 yevro mablag‘ ketadi. Mo‘minova shu gran-pridan keyin mashhur bo‘ldi. Amerikadagi o‘qishini tugatib ortga qaytsa, biz uni bajonidil qabul qilamiz”, deya aytib o‘tgan edi Turdialiyev.  

Shuningdek, federatsiya bosh kotibi Sunnatullo Bozorboyev shaxmatchiga shatmatchi sifatida qarash va ota-ona menejerlik qilmasligi kerakligini ta’kidlagandi:

“Shaxmatchiga o‘zining salohiyati jihatdan qarash va ota-onasi unga ultimatum qo‘yib, o‘rtada menejer sifatida taqdirini hal qilmasligi kerak. Nodirbekka ham yillar davomida turli davlatlardan takliflar bo‘lgan. U doimiy ravishda bu narsani rad etib keladi. Federatsiya nodavlat-notijorat tashkiloti hisoblanadi. Agar homiylik bo‘lmasa, o‘z xodimlarining maoshlarini berishga imkoniyat bo‘lmaydi. Biz shaxmatsilar yaxshi natijaga erishishini istaymiz. Berilgan mablag‘larning barchasi shaxmatchilar uchun ishlatiladi. Nazorat qiluvchi tashkilotlar bor va pullar olib ketilmaydi”.

Eslatib o‘tamiz, Tohirjonova FIDE reytingida TOP-100 shaxmatchi qatorida e’tirof etilmagan, biroq uning hisobida 2335 ochko bor. 

Ma’lumot uchun, 2021 yilda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi uchun 4 167 725 925 so‘m ( 4 milliard 167 million 725 ming 925) so‘m  mablag‘ ajratilgan bo‘lib, uning 2 milliardi homiylik mablag‘lari hisoblanadi. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Shaxmat

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing