Kim Putinga “jangovar salom” yo‘lladi
Olam
−
01 mart
11120Joriy yilning 27 fevral kuni Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi Li Xi Yon Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, unga KXDR yetakchisi Kim Chen Inning “jangovar salomi”ni yetkazdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
“O‘rtoq Prezident Putin KXDR Davlat ishlari bo‘yicha raisi o‘rtoq Kim Chen Inga eng samimiy so‘zlar va ezgu tilaklarni yetkazishni so‘radi. O‘rtoq Li Xi Yon Vladimir Putinga Kim Chen In tomonidan yo‘llangan jangovar salomni hurmat bilan yetkazdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, uchrashuv do‘stona ruhda o‘tgan. Putin Shimoliy Koreyaning Rossiyani qo‘llab-quvvatlayotganidan minnatdor ekanini bildirgan. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Prezidenti uchrashuv davomida ikki davlatni “jangovar birodarlik rishtalari va mustahkam do‘stlik an’analari” bog‘lab turishini ta’kidlagan.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil Rossiya va KXDR o‘rtasidagi munosabatlar uchun tarixiy yil bo‘lgan. Chunki o‘sha yilning iyun oyida har tomonlama strategik hamkorlik shartnomasi imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadroviy kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirish zarurligini va yadro qurolidan foydalanishga to‘liq tayyor bo‘lishga chaqirgan edi.
LiveBarchasi