Kim Chen Inning singlisi AQSHni “xayol surmaslikka” chaqirdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Vashington va Pxenyan o‘rtasidagi muloqot tiklanishiga ishonayotgani Amerika tomonining umidlarini puchga chiqarishi mumkin. Bu haqda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon ma’lum qilgan.

“Koreyslarda hamma narsa talqinga bog‘liq, degan gap bor. AQSH (bizning pozitsiyamizni — tahr.) o‘ziga taskin beradigan tarzda talqin qilayotganga o‘xshaydi. O‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan soxta umidlar ularni yanada umidsizlikka soladi”, degan Kim Yo Chjon. 

Avvalroq, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSH rasmiylari bilan dialog o‘tkazishga ham, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilikka ham tayyor bo‘lish kerakligini aytgandi.

Shundan so‘ng, AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan yuqoridagi holatni Amerikaga nisbatan “qiziqarli signal” deb atagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar oyida Kim Chen In AQSH KXDRning asosiy dushmani ekanini aytgandi. U davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar Vashington dushmanlik siyosatidan voz kechgan taqdirdagina o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kim Chen Inn

Baholaganlar

237

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing