Kim Chen In generalissimus unvonini oladi
Olam
−
05 noyabr 2020
7843Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya ishchi partiyasining (KIP) yanvardagi qurultoyida generalissimus unvonini oladi. Bu haqda maxsus xizmat rahbari yopiq majlisda milliy parlament deputatlariga axborot bergan, deb xabar berdi “Asahi” gazetasi.
Ayni vaqtda Kim Chen In marshal harbiy unvoniga ega.
Uning bobosi, KXDR asoschisi Kim Ir Sen (1915-1994) va otasi Kim Chen Ir (1941-2011) ham generalissimus bo‘lgan.
Yopiq eshiklar ortidagi majlisda Janubiy Koreya razvedkasi rahbari deputatlarga Kim Chen Inning singlisi, KIP markazi qo‘mitasining tashkiliy bo‘limi rahbarining birinchi o‘rinbosari Kim Yo Chjonning ham ta’siri o‘sib borayotganini ma’lum qilgan.
Maxsus xizmat ma’lumotiga ko‘ra, Kim Yo Chjon KPIning 75 yilligi munosabati bilan 10 oktyabr kuni o‘tkazilgan barcha tadbirlarga rahbarlik qilgan. Partiyaning yanvardagi qurultoyida uning vakolatlari yanada kengaytirilishi taxmin qilinyapti.
Generaliissimus – Rossiya imperiyasi, Fransiya, Britaniya imperiyasi, Muqaddas Rim imperiyasi, Avstriya imperiyasi, SSSR, Shvetsiya, Ispaniya, Meksika, Xitoy, Yaponiya, KXDR va boshqa davlatlarda oliy harbiy unvon hisoblanadi.
LiveBarchasi