Kim Chen In Janubiy Koreyani yo‘q qilish bilan tahdid qildi
Olam
−
10 yanvar
10102Seul tomonidan harbiy provokatsiya sodir bo‘lgan taqdirda KXDR Koreya Respublikasini yo‘q qilish uchun butun arsenalini ishga solishdan tortinmaydi. Bu haqda Shimoliy Koreya Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni, davlat rahbari Kim Chen In Mudofaa sanoati korxonalariga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.
“Agar Koreya Respublikasi davlatimizga qarshi qurolli kuchlaridan foydalanishga urinsa yoki suverenitetimiz va xavfsizligimizga tahdid soladigan bo‘lsa, biz Koreya Respublikasini butunlay yo‘q qilish uchun mavjud vositalar va kuchlarning to‘liq arsenalidan foydalanamiz”, degan u.
Koreya markaziy axborot agentligining yozishicha, Kim o‘z chiqishida Janubiy Koreya KXDR bilan qarama-qarshilik o‘z joniga qasd qilish siyosati noto‘g‘ri ekanini anglab yetmas ekan, respublika “adolatli kurash tamoyillariga asoslangan yaqqol amaliy harakatlarni so‘zsiz davom ettirishi"ni aytgan.
Uning ta’kidlashicha, KXDR Koreya yarimorolida katta kuch bilan bir tomonlama yirik voqealarni qo‘zg‘atmoqchi emas, lekin, shu bilan birga, Pxenyan urushdan qochish niyatida ham emas.
Kimning fikricha, Koreya Respublikasi faqat qarama-qarshilik siyosatini olib boryapti va pirovardida Pxenyan nuqtayi nazaridan eng asosiy dushman davlatga aylangan.
“Hozir Koreya Respublikasini KXDR uchun haqiqiy dushman davlat sifatida tavsiflash payti keldi. Uzoq vaqtdan beri, taxminan 80 yil davomida u bizning hokimiyat va tuzumimizni ag‘darish uchun turli vositalarini ishga solmoqda", deya ta’kidlaydi agentlik.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni mashg‘ulotlar doirasida Shimoliy Koreya qirg‘oq artilleriyasi Janubiy Koreyaning Sariq dengizda joylashgan Yonpxyondo va Pennyondo orollari tomon 200 ga yaqin snaryad otgandi. Bunga javoban Janubiy Koreya harbiylari o‘z manyovrlarini o‘tkazib, 400 ta snaryad otdi. 6 yanvar kuni Pxenyan g‘arbiy qirg‘oqdan yana Sariq dengiz tomon 60 ga yaqin snaryad otdi. Janubiy Koreya KXDR tahdidlariga javoban harbiy choralar ko‘rishga va’da berdi. Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon esa Janubiy Koreya qurolli kuchlarining har qanday xatosi Seulni xavf ostiga qo‘yishi, hatto, eng kichik provokatsiya ham Shimoliy Koreya armiyasining raketalarini ishga solishi uchun sabab bo‘lishini aytib, janubga tahdid qildi.
LiveBarchasi