Kim Chen In Janubiy Koreya bilan aloqalar qachon tiklanishini aytdi
Olam
−
30 Sentabr 2021
7394Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In joriy yil oktyabr oyining boshidan Janubiy Koreya bilan aloqa liniyalari tiklanishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar bergan.
“Shimoliy Koreya rahbari oktyabr oyining boshidan koreyalararo aloqa liniyalari tiklanishini aytdi”, deyilgan agentlik xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining yuqori darajali haftaligida chiqish qilib, yana bir bor AQSH va Xitoy ishtirokida Koreya yarim orolidagi urush tugaganligini e’lon qilishni taklif qilgan.
O‘z navbatida, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanlik siyosatidan voz kechsa, Pxenyan u bilan munosabatlarni yaxshilash imkoniyatlarini muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy va Shimoliy Koreya joriy yilning 27 iyul kuni munosabatlarni tiklagani hamda 2020 yil iyunida uzilgan koreyalararo aloqa liniyalari qayta ishga tushganini e’lon qilgandi. Ammo, avgust oyida Janubiy Koreya va AQSH o‘tkazgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar fonida KXDR yana qo‘ng‘iroqlarga javob berishni to‘xtatdi. Chunki KXDR va AQSH o‘rtasidagi aloqalar yaxshi emas. Ikkala davlatning ham yadro quroliga egaligi o‘rtadagi dushmanlik kayfiyatining omillaridan biri hisoblanadi.
LiveBarchasi