Kim Chen In yangi raketalarini sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
25 avgust 2760 1 daqiqa
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In kecha, 24 avgust kuni shaxsan yangi zenit raketalari sinovida qatnashdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Qayd etilishicha, sinovda ikki turdagi havo hujumidan mudofaa raketalari namoyish etilgan bo‘lib, ular KXDRning mudofaa salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan. Kim Chen In bilan birga yuqori martabali harbiy qo‘mondonlar ham ishtirok etib, yangi raketalar imkoniyatini baholagan.
Nashrga ko‘ra, ikkita yangi turdagi raketa turli havo nishonlarini urib tushirish uchun samarali hisoblanadi. Biroq raketalar modeli va sinov o‘tkazilgan joy haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Bu sinov Pxenyanning AQSH va Janubiy Koreyaga o‘z havo hududini himoya qilishga tayyorligi haqida signal yuborishi sifatida talqin qilinmoqda.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi kunlarda Koreya yarimorolidagi vaziyat keskinlashgan. 18 avgustdan buyon AQSH va Janubiy Koreya yirik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshlagan, Pxenyan esa ularni “dushmanona” harakat deb atagan. 19 avgust kuni chegarada Janubiy Koreya askarlari Shimolga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzganidan keyin keskinlik yanada oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan munosabatlarni yaxshilash niyati yo‘qligini konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi