Kim Chen In yana bir suv osti dronini sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Shimoliy Koreyada yana bir yadroviy qudratga ega suv osti droni sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda davlat matbuotida xabar berildi.

Dushman suvlarida kutilmagan hujumlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan yangi Haeil-1 (koreyscha “sunami” degan ma’noni anglatadi) suv osti droni namoyish etilganidan bir hafta o‘tib, Kim Chen In Haeil-2 deb ataluvchi yangi dronni sinovdan o‘tkazgan.

Ko‘plab tahlilchilar Shimoliy Koreya suv osti kemalarini joylashtirishga tayyor ekaniga shubha qilishiga qaramasdan, Pxenyan so‘nggi haftalarda keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan AQSH va Janubiy Koreyaga qarshi o‘zining turli xil qurollarini namoyish etishini bildirgan. 

So‘nggi sinovlar 4-7 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan. Unda Haeil-2 droni suv ostida 1000 kilometr masofani bosib o‘tgan va sinov kallagini portlatgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 mart kuni Shimoliy Koreya radioaktiv sunamini keltirib chiqara oladigan suv osti yadroviy zarba beruvchi dronni sinovdan o‘tkazgan edi. Shuningdek, Kim Chen In Shimoliy Koreya harbiylariga haqiqiy urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun mashqlarni kuchaytirishni buyurgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In suv osti droni Haeil-2 tsunami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing