Kim Chen In yadro quroli uchun materiallar ishlab chiqarishni oshirmoqchi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadro salohiyatini oshirish maqsadida yadro quroli uchun materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurdi. Bu haqda 28 mart kuni Koreya markaziy telegraf agentligi (KCNA) ma’lum qildi.

“Partiya Markaziy Qo‘mitasining yadro qurollari sonini ko‘paytirish rejasini to‘liq amalga oshirish uchun kelajakda qurolga mo‘ljallangan yadro materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish zarur”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, siyosatchi ta’kidlaganidek, kuchli yadro qurollarini ishlab chiqarishni davom ettirishga turtki berish kerak.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 mart kuni Shimoliy Koreya “yerdan yerga” taktik ballistik raketalari yordamida simulyatsiya qilingan yadroviy portlashni amalga oshirdi.

Avvalroq, 24 mart kuni Shimoliy Koreya yadroviy kallakni olib yurishga qodir va “kuchli radioaktiv sunami”ni ham keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan suv osti dronini sinovdan o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya Shimoliy Koreya yadro quroli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing