Kim Chen In yadroviy qurollarini kuchaytirishga va’da berdi 

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yadro arsenalini yanada kengaytirish va rivojlantirish choralarini ko‘radi. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasi tashkil etilganining 90 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad chog‘ida ma’lum qilgan. 

“Mamlakatimiz ega bo‘lgan yadroviy kuchlarni maksimal va tez sur’atlarda yanada mustahkamlash va rivojlantirish choralarini ko‘rishda davom etamiz”, degan Kim Chen In. 

Shuningdek, u KXDR bilan harbiy qarama-qarshilikka tayyor bo‘lgan davlatlarni uning manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuz qilishdan ogohlantirgan. 

“Agar biron bir kuch mamlakatimizning asosiy manfaatlariga tajovuz qilishga urinsa, bizning yadroviy kuchlarimizning to‘satdan javob qaytarishdan boshqa chorasi qolmaydi”, degan u. 

Ma’lumot o‘rnida, parad kecha, 25 aprel kuni taxminan soat 22:00 larda (Toshkent vaqti bilan 18:00) Pxenyandagi Kim Ir Sen maydonida bo‘lib o‘tgan. Janubiy Koreya matbuoti Pxenyan 20 mingga yaqin askar va texnikani safarbar qilgani haqida xabar bergan.  

Parad mashg‘ulotlarida 250 dan ortiq texnikalar, jumladan, “Xvason-8” gipertovushli raketasi, yaqinda Pxenyan tomonidan sinovdan o‘tkazilgan “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketasi va suv osti kemasidan uchiriladigan ballistik raketa ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, bungacha Kim Chen In boshchiligida Koreya xalq armiyasi tashkil etilganining yilligi sharafiga parad o‘tkazilmagan. Umuman olganda, KXDRning amaldagi rahbari davrida mamlakatda 12 ta yirik parad bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In KXDR

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing