Kim Chen In yadroviy qurol bilan tahdid qildi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In hujum sodir bo‘lgan taqdirda KXDR barcha mavjud hujum kuchlarini ishga solishdan tortinmasligini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Uning xabariga ko‘ra, Kim Chen In, agar boshqa davlatlar respublika suverenitetiga tajovuz qilishga urinsa, yadro qurolidan foydalanish imkoniyatini ham e’lon qilgan.

“Agar o‘ta ahmoqlik va telbalikdan mag‘lub bo‘lgan dushmanlar bizning takroriy ogohlantirishlarimizga e’tibor bermasa va Koreya Respublikasi-AQSH ittifoqiga haddan tashqari ishonch bilan respublika suverenitetini buzish uchun harbiy kuch ishlatishga urinish uchun yana bir qadam tashlasalar, biz qo‘limizdagi barcha hujumchi kuchlarni, jumladan, yadro qurolini ham ishga solishdan tortinmaymiz", dedi Kim Chen In.

KXDR yetakchisi, shuningdek, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolni “qo‘g‘irchoq” deb atadi va respublikada KXDR tomonidan “quvg‘inlar maniiyasi” borligini aytdi.
Bundan tashqari, Kim Chen In Yun Sok Yolning yadroviy qurolga ega davlatga harbiy kuch bilan javob berish haqidagi so‘zlarini “bema’ni tomosha” deb atadi va dushman davlatlarning tahdidli ritorikasi Shimoliy Koreya harbiy qudrati o‘sishini to‘xtata olmasligini aytdi.

Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, Shimoliy Koreya rahbari shu yo‘l bilan AQSHga bosim o‘tkazish va ularni o‘z shartlari asosida muzokaralar olib borishga majburlamoqchi. Tahlilchilarning qayd etishicha, AQSHning bu mintaqadagi ta’siri zaiflashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qo‘shma Shtatlar Rossiya, Eron, Xitoy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi aloqalarning chuqurlashib borayotganidan xavotirdaligi haqida xabar berilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made