Rossiya, Eron, Xitoy va KXDR o‘rtasidagi aloqalar AQSHni xavotirga solyapti – “Bloomberg”

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Rossiya, Eron, Xitoy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi aloqalarning chuqurlashib borayotganidan xavotirda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, G‘arbning qattiq sanksiyalariga qaramay bu davlatlar AQSHning jahon miqyosidagi hukmronligiga qarshi kurashish uchun tezlik va intensivlik bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda. Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari esa bundan xavotirda.

“AQSH ta’siri juda tez zaiflashmoqda. Yuqorida qayd etilgan kuchlar ko‘p tomonlama makonda o‘zini namoyon qilmoqchi", dedi Keniyaning BMTdagi sobiq doimiy vakili va Nyu-York universitetining Xalqaro hamkorlik markazi rahbari Martin Kimani.

“Bloomberg” AQSH pozitsiyasining zaiflashishiga misol sifatida Vashington Isroilni HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatishga ko‘ndira olmaganini keltiradi. Bundan tashqari, AQSH boshchiligidagi koalitsiya Yamandagi husiylar harakatining Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujumini ham cheklay olmagan. Shuningdek, Xitoy va Rossiya Afrikaga ta’sirini kuchaytirishi sabab amerikaliklar o‘z bazalaridan siqib chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun 400 dan ortiq tashkilot va shaxslarga sanksiyalar kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Eron Xitoy Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing