Kim Chen In va qizi oq xalatda ko‘rinish berdi. Ular nimani tekshirmoqda?

Olam

image

Kecha, 16 may kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qizi bilan birgalikda mamlakatning birinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorgarlikni tekshirdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Agentlikka ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh uchirishga to‘liq tayyor. Tadbir davomida Kim Chen In sun’iy yo‘ldoshning muvaffaqiyatli uchirilishini hozirgi davlat xavfsizligi holatining shoshilinch talabi deb atagan.

Shuningdek, ota-bola sun’iy yo‘ldoshining uchirilishi uchun mas’ul qo‘mitaning ish rejasini tasdiqlagan.

“AQSH imperialistlari va Janubiy Koreya qo‘g‘irchoq to‘dasining KXDRga qarshi qarama-qarshi makrlari qanchalik umidsiz bo‘lsa, biz o‘z suverenitetimiz va o‘zimizni mudofaa qilish huquqimizdan shunchalik munosib va tajovuzkorona foydalanamiz”, deya iqtibos keltirgan agentlik.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In qizi bilan yangi Xvason-18 qit’alararo ballistik raketasini qattiq yoqilg‘ida sinovdan o‘tkazgandi.

Ta’kidlash joiz, Kim Chen Inning qizi oxirgi vaqtlarda juda ko‘p omma e’tiboriga tushmoqda. U dadasi bilan ko‘p bora raketa uchirilishini tekshirmoqda. Kim Chenning qizi haqida ushbu maqolada to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.

 


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya sun'iy yo'ldosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing