Kim Chen In Rossiyani tabriklab, uni qo‘llashini bildirdi

Olam

image
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasida Rossiya Federatsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi Koreya markaziy axborot agentligiga tayanib, xabar berdi.
 
“[Rossiya xalqi] o‘z mamlakati qadr-qimmati va xavfsizligini himoya qilish, har xil qiyinchilik va muammolarni yengib o‘tish bo‘yicha adolatli ishni amalga oshirishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Koreys xalqi uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va ma’qullaydi”, deya Kim Chen Inning so‘zlarini keltirdi agentlik.
 
Shimoliy Koreya rahbari o‘z murojaatini Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga sog‘lik, rus xalqiga esa farovonlik tilash bilan yakunladi.
 
Avvalroq, Kim Chen In G‘alaba kuni munosabati bilan tabriklab, Rossiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. Rasmiy Pxenyan Rossiya va KXDR o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar bundan keyin ham zamon talablariga mos ravishda ijobiy tarzda rivojlanib borishiga ishonch bildirgan.
 
Rossiya kuni har yili 12 iyun kuni nishonlanadi va Rossiya Federatsiyasining davlat bayrami hisoblanadi. Mazkur bayramni ko‘pchilik “Putin Rossiyasi kun” ham deb ataydi. Bayram 1990 yil 12 iyun kuni RSFSR davlat suvereniteni to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilinishi bilan nishonlana boshlangan.

Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Kim Chen In Shimoliy Koreya Putin

Baholaganlar

1001

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing