Kim Chen In Markaziy Osiyoning faqat ikki davlat rahbarini tabrikladi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bir qator davlatlar va partiyalar rahbarlariga Yangi yil bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Kim Chen In Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga Yangi yil tabriknomalarini yo‘llagan. 

KXDR yetakchisi nomidan tabriknomalarni Rossiya rahbari Vladimir Putin, Xitoy Raisi Si Szinpin va uning rafiqasi, Suriya Prezidenti Bashar Asad, Armaniston Prezidenti Vaagn Xachaturyan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko, Serbiya yetakchisi Aleksandr Vuchich, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ham qabul qilgan.

Shuningdek, Kuba, Laos, Vetnam, Mo‘g‘uliston, Jazoir va Efiopiya rahbarlariga ham Kim Chen Inning tabrigi yetib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing