Kim Chen In Xitoy delegatsiyasi uchun “dasturxon yozdi”

Olam

image

Kecha, 28 iyul kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Li Xonchjong boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi partiya-hukumat delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi. 

Suhbat chog‘ida Kim Chen In Xitoy Raisi Si Szinpinga “Koreya va Xitoyning umumiy g‘alabasiga bag‘ishlangan muhim tadbirlarga” partiya va hukumat delegatsiyasini jo‘natgani uchun, Xitoy xalqiga esa KXDRni doimo qo‘llab-quvvatlagani uchun bir necha bor minnatdorlik bildirgan.

Qayd etilishicha, uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin strategik va taktik hamkorlik orqali “sotsialistik qurilish”ni jadal rivojlantirish, shuningdek, og‘ir xalqaro vaziyatga faol javob berish niyatida KXDR va Xitoy hukumatlarining sherikchiligini yangi bosqichga ko‘tarish va rivojlantirish pozitsiyalari tasdiqlangan.

Uchrashuvdan so‘ng, Kim Chen In Xitoy delegatsiyasi a’zolarini ziyofatga taklif qilgan. Unda Xitoy delegatsiyasi va Shimoliy Koreya rasmiylari qatnashgan. Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chen  va Xitoy delegatsiyasi rahbari Li Xonchjong ziyofatda nutq so‘zlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 iyul kuni Pxenyanda 1950-1953 yillardagi Koreya urushi yakunlanganining 70 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari va harbiy parad bo‘lib o‘tgandi. Bayramlarda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiya va Xitoydan Li Xonchjong boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi. Bungacha Kim Chen In Sergey Shoygu bilan uchrashib, unga qurol-yarog‘larini ko‘rsatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Xitoy Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made