Kim Chen In kemalarga qarshi raketasini sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
15 fevral
3479Kecha, 14 fevral kuni Shimoliy Koreya kemaga qarshi yangi turdagi Padasuri-6 raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur turdagi raketa yaqin orada foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Uning uchirilishiga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In boshchilik qilgan.
Raketa 23 daqiqa davomida havoda bo‘lgan va Yapon dengizidagi "shartli nishonlarga" teggan.
“Kim Chen In uchirilish natijalaridan katta mamnunligini bildirdi va Shimoliy Koreya harbiy-dengiz kuchlarining jangovar salohiyatini kuchaytirish dushman kuchlarining provokatsiyalarini bostirish imkonini berishini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
Oldinroq Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ham KXDR tomonidan raketa uchirilgani haqida xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, 29 yanvar kuni KXDR “Pulxvasal-3-31” qanotli raketalarini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgandi. Uchirishga Kim Chen In ham rahbarlik qildi. 2 fevral kuni esa Shimoliy Koreya yangi zenit raketasini sinovdan o‘tkazdi. Sinovlar davomida qanotli raketa kallaklarining kuchi baholandi.
LiveBarchasi