Kim Chen In birinchi josuslik sun’iy yo‘ldoshini uchirishni buyurdi (foto)

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSH va Janubiy Koreyadan kelayotgan tahdidlarga qarshi turish uchun mamlakatning birinchi ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorgarlik ko‘rish kerakligini aytdi. Bu haqda bugun, 19 aprel kuni Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, harbiy sun’iy yo‘ldosh yadroviy qurolga ega davlatning kuzatuv texnologiyasini, jumladan, uchuvchisiz samolyotlarning nishonlarga zarba berish qobiliyatini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismidir.

Shimoliy Koreya dekabr oyida josuslik sun’iy yo‘ldoshi uchun muhim “yakuniy bosqich” sinovini o‘tkazgan va aprelgacha uchirishga tayyorgarlikni yakunlashi aytilgan. O‘shanda u Janubiy Koreya poytaxti Seulning oq-qora tasvirlarini e’lon qilgan va ular sinov vaqtida olinganini ma’lum qilgan.

Kecha, 18 aprel kuni rasmiy kosmik agentlikka borgan Kim Chen In rasmiylarga uchirilish o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashni buyurgan, shuningdek, yana bir qator razvedka sun’iy yo‘ldoshlarini uchirishni topshirgan.

Manbada sun’iy yo‘ldosh ishlab chiqarish tugallangani aytilgan, biroq uchirish qachon rejalashtirilgani haqida batafsil ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya sun'iy yo'ldosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing