Kim Chen In 10 yil avval vafot etgan otasini xotirladi 

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In bugun, 17 dekabr kuni 10 yil avval vafot etgan otasi Kim Chen Ir xotirasini yod etish uchun Kimlar oilasining maqbarasi bo‘lmish Kim Susan Quyosh saroyiga tashrif buyurdi. Bu haqda KXDRning “Nodon sinmun” davlat gazetasi xabar bergan.  

“Biz buyuk sarkardani (Kim Chen Irni) partiyamiz va xalqimizning abadiy rahbari sifatida e’zozlashimiz, uning inqilobiy hayoti va o‘lmas inqilobiy yutuqlarini ulug‘lashimiz kerak”, deya Kim Chen In so‘zlarini keltirgan nashr. 

Ma’lumot o‘rnida, Xalq Respublikasining rasmiy tarixshunosligiga ko‘ra, Kim Chen Ir 2011 yil 17 dekabrda o‘zining maxsus poyezdi vagonida mamlakat bo‘ylab navbatdagi tekshiruv safari chog‘ida yurak xuruji natijasida vafot etgan. 

Ayni paytda Kim Susan yodgorlik majmuasida uning mo‘miyolangan tanasi bilan shaffof sarkofag o‘rnatilgan. Unga vafotidan keyin mamlakatning oliy harbiy unvoni — generalissimus berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, shimoliy koreyaliklarga sobiq Prezident Kim Chen Ir vafotining 10 yilligi munosabati bilan 11 kun davomida kulish va spirtli ichimlik ichish taqiqlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing