Kilimanjaro cho‘qqisida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi (video)
Olam
−
13 fevral 2020
8344Afrikaning eng baland cho‘qqisi Kilimanjaroda ilk bor O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi. Bu ishni Sanjar ismli O‘zbekiston fuqarosi amalga oshirdi.
“Bizning tariximizda, O‘zbekistondan Kilimanjaroga yetib kelgan inson bo‘lmagan“, deydi sayyoh.
O‘zbekistonlik yigit Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidan ekanini aytib o‘tgan.
Ma’lumot o‘rnida, Afrikadagi eng baland Kilimanjaro tog‘i Tanzaniyaning shimoliy-sharqida joylashgan bo‘lib, lava, vulqon va kul qatlamlari uyumiga ko‘milgan. Tog‘ning balandligi dengiz sathidan 5 895 metr balandlikni tashkil etadi.
LiveBarchasi