Kichik Donald Tramp uchta ijtimoiy tarmoqdan voz kechishga chaqirdi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning o‘g‘li kichik Donald Tramp Telegram messenjeridan foydalanishni tanladi va ushbu qarorini izohladi. 

U Instagram, Twitter va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarning siyosatidan noroziligini bildirgan. 

Unga ko‘ra, konservativ qarashlarga rioya qilgan ushbu xizmatlar foydalanuvchilariga bosim o‘tkazilmoqda. 

Bundan tashqari, siyosatchining o‘g‘li odamlarni ushbu “katta uchlikdan yiroq bo‘lishga” chaqirgan. 

Shu bilan birga, Trump Organization vitse-prezidenti Instagram, Twitter va Facebook tarmoqlaridan foydalanishda davom etishini qo‘shimcha qilgan, ammo u istalgan vaqtda ushbu tarmoqlarda bloklanishi mumkinligiga ishonch bildirgan.

“Men Telegram'da bo‘lganimdan xursandman”, degan kichik Tramp.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 2020 yil 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Prezidentlikka asosiy da’vogarlar – demokrat Jo Bayden va respublikachi Donald Tramp edi. Ommaviy ovoz berish va saylovchilarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, Bayden g‘alaba qozondi, ammo Tramp saylov natijalarini tan olmadi va sudlarga da’vo qildi.

6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.


Maqola muallifi

Teglar

Facebook Instagram Twitter

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing