XJS Shoygu va Gerasimovni hibsga olishga order berdi
Olam
−
25 iyun
19734Xalqaro jinoiy sudning (XJS) dastlabki tergov palatasi Rossiya sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovni hibsga olishga order berdi. Bu haqda instansiya saytida xabar berildi.
“2024 yil 24 iyun kuni Xalqaro jinoiy sudning ikkinchi sudgacha bo‘lgan palatasi Ukrainadagi vaziyatdan kelib chiqib, 2022 yil 10 oktyabrdan kamida 2023 yil 9 martgacha bo‘lgan davrida sodir etilgan xalqaro jinoyatlarda ayblanib, ikki shaxsni – Sergey Kujugetovich Shoygu va Valeriy Vasilevich Gerasimovni hibsga olish uchun order berdi", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, XJS o‘tgan yili Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani ukrainalik bolalarni noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda ayblab, hibsga olish uchun order bergan edi.
LiveBarchasi