XVJ Ukrainadagi urush tufayli global iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi

Olam

image

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainadagi urush va yuqori inflyatsiya tufayli bir yil ichida ikkinchi marta global yalpi ichki mahsulot o‘sishi prognozini pasaytirdi. Bu safar prognoz 3,6 foizdan 3,2 foizga tushirildi.

Shu bilan birga, jamg‘arma 2022 yilda Rossiya iqtisodiyotining pasayishi bo‘yicha o‘z bahosini yaxshiladi – 8,5 foizdan 6 foizga, lekin 2023 yilda Rossiya yalpi ichki mahsulotining kutilayotgan pasayishi darajasini 2,3 foizdan 3,5 foizga oshirdi.

Jamg‘armaning bosh iqtisodchisi Per-Olive Gurinshaning ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodiyotining 2022 yilga mo‘ljallangan prognozi yaxshilanganiga qaramay, u hali ham "juda jiddiy tanazzulga" duch kelayotganini unutmaslik kerak.

XVJ Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni to‘liq to‘xtatish bilan bog‘liq ehtimoliy ssenariyga alohida e’tibor qaratgan. Jamg‘arma prognozlariga ko‘ra, bu rivojlanish 2022 yilda jahon yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2,6 foizgacha, keyingi yilda esa 2 foizgacha pasayishiga olib keladi. AQSH va Yevropa Ittifoqida o‘sish 2023 yilda nolga yaqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Gurinshaning ta’kidlashicha, global o‘sish 1970 yildan beri bor-yo‘g‘i besh marta 2 foizdan pastga tushib ketgan, oxirgi marta 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi sabab bo‘lgan.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiyaning energiya ta’minotiga juda bog‘liq – YeI gaz importining 45 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Ukrainadagi urush energiya ta’minotining qisqarishiga, ularni narxining oshishiga va natijada inflyatsiyaning tezlashishiga olib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Xalqaro valyuta jamg'armasi Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

30

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing