XVF Mirziyoyevning islohotlarini qo‘llashga tayyorligi aytildi

Jamiyat

image

Bugun, 6 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida Xalqaro valyuta fondi (XVF) boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi.

Tomonlar orasidagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Xalqaro valyuta fondi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, pul-kredit va fiskal siyosatni takomillashtirish borasidagi islohotlar kabi ustuvor yo‘nalishlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, keyingi yillarda XVF bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashgani qayd etilgan. Bu davrda fondning 70 dan ortiq missiyasi O‘zbekistonda bo‘lgan. 

XVF rahbari Kristalina Georgiyeva O‘zbekistondagi islohotlar dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan hamda uning amalga oshirilishiga bundan buyon ham ko‘maklashishiga tayyorligini bildirgan.

Bundan tashqari, tomonlar global iqtisodiyot va barqaror taraqqiyotga oid dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashgan. 

Shu bilan O‘zbekiston Prezidentining Samarqandga tashrifi yakunlanib, davlat rahbari Toshkentga qaytib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketgandi. O‘zbekiston yetakchisi 5-6 iyun kunlari shaharda Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand O'zbekiston Mirziyoev Kristalina Georgieva XVF

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing