Xo‘jalik boshqaruv organlari parlamentga hisob beradigan bo‘lyapti

Jamiyat

image

Bugun, 19 may kuni Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi, “Oliy Majlis Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Qonunchilik palatasi va Senatiga o‘zining majlisida davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkinligi belgilanmoqda. 

Hozirgacha, parlament a’zolari Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida faqatgina Hukumat a’zolari, Hisob palatasi, Bosh prokuror va Markaziy bank boshqaruvi raisining hisobotini eshitish huquqiga ega edilar.

Ushbu o‘zgartirishlar kuchga kirsa, parlament a’zolari yuqoridagi idoralar bilan bir qatorda, xo‘jalik boshqaruvi organlari (masalan, “Uzbekistan airways” AJ yoki Navoiy kon-metallurgiya kombinati) rahbarlarining ham axborotlarini eshitish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Avvalroq, Qonunchilik palatasi yangi tahrirdagi "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ma’qullab, yuqori palata – Senatga yuborgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Qonunchilik palatasi

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing