Xususiy klinikalarga koronavirusni aniqlovchi test o‘tkazishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qo‘shimcha-chora tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga barcha talablariga rioya qilgan holda hududdiy sanitariya epidemiologik osoyishtaligi markazlari rahbarlari tomonidan imzolanadigan shartnoma asosida 2020 yil 1 sentyabrga qadar koronovirus infeksiyasini laborator tekshirish bo‘yicha pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishlariga ruxsat berildi.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 26 mart kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan xususiy klinikalarga koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ruxsat berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 1565 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha kasallanganlarning 225 nafari davolangan, 5 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing