Xushxabar! O‘zbekistonda koronavirusdan to‘liq tuzalganlar keskin ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekistonda yana 19 nafar koronavirusga chalingan bemor darddan butunlay forig‘ bo‘lishdi. Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi. Bu haqda So0liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shifokorlarning bilimi va tajribasi tufayli koronavirus infeksiyasiga chalinganlar orasida o‘lim ko‘rsatkichlarining minimal darajada bo‘lishi va aksincha, sog‘ayganlarning maksimal darajada bo‘lishiga erishilmoqda. Natijada, ayni paytda sog‘ayganlar 61 nafarga yetdi.

Bu kabi samarali natijalarga erishishda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, shuningdek, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi qator davlatlarning nufuzli mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanilayotgani, bundan tashqari, yurtimizning pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi yetuk mutaxassislari bilan telemuloqot o‘rnatilib, zarur tavsiyalarni olishayotgani, ularni bir jamoa bo‘lib faoliyat ko‘rsatishayotganligi ana shunday ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritishda muhim omil bo‘lmoqda. Quvonarli jihati, shifokorlarimiz mahorat va fidoyiligi koronavirus infeksiyasini samarali davolash mumkinligini isbotlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, koronavirusga chalinganlar 833 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

377

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made