“Xurmacha” qiliq chiqargan IIB boshlig‘i ishdan haydaldi
Jamiyat
−
29 iyul 2019
7795Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida fermerlarga zo‘ravonlik qilib, ularni jaziramada dala boshida turishga majburlagan IIB boshlig‘i Chori Ko‘charov ustidan tekshiruv boshlangani haqida xabar bergan edik.
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra Kasbi tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Chori Ko‘charov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, Chori Ko‘charov 14 iyul kuni fermerlarni erta tongdan seminarga chaqirgan va ularni dalada turishga majburlab, yakunda qo‘llariga kishan solib, IIBga olib ketgandi.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi ham tekshiruv boshlagandi. Uning yakuniga bo‘yicha hozircha ma’lumot berilmadi.
LiveBarchasi