XTV maktablarga eng ko‘p yordam bergan vazirlik va idoralarni e’lon qildi

Jamiyat

image

Xalq ta’limi vazirligi otaliqqa biriktirilgan umumta’lim maktablariga 2020 yil davomida moddiy va ma’naviy ko‘mak bergan TOP-10 vazirlik va idoralari nomini ma’lum qildi.

“Ushbu davlat tashkilotlarining rahbar va o‘rinbosarlari o‘zlariga biriktirilgan umumta’lim maktablariga 2020 yil davomida tashrif buyurib, xalq ta’limi sohasining chinakam hamkorlariga aylandi”, deyiladi XTV xabarida.

Jumladan, Milliy olimpiya qo‘mitasi yordamida Olmazor tumanidagi 234-sonli maktabda Innovatsion texnologiya xonasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Yunusobod tumani 250-sonli maktabda SMART xonalari tashkil etilgan bo‘lsa, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yunusobod tumani 302-sonli hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan 58-sonli maktabda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 

Shuningdek, Uchtepa tumani 74-son maktabi (“O‘zdonmahsulot” AJ)ning ta’mirtalab pol qismlari zamonaviy ta’mirlandi. Chilonzor tumanidagi 173-son umumta’lim maktabining 4 ta sinf xonasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yordami bilan mukammal ta’mirlandi, o‘quvchilar uchun sport maydonchasiga uskunlar o‘rnatildi hamda keng ko‘lamdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Shayxontohur tumanidagi 132-, 136-, 141- va 180A-sonli maktablarda “O‘zbekneftegaz” AJ rahbar va o‘rinbosarlari tomonidan ko‘plab badiiy adabiyotlar, zamonaviy kompyuter texnikalari (printer, elektron doska, rangli nusxa ko‘chirish uskunasi va boshqalar) sovg‘a qilindi. O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan Sergeli tumanidagi 269- va 277-son umumta’lim maktablari uchun antiseptik vositalari (dozator, pirometr, tibbiy niqoblar va boshqalar) yetkazib berildi. Shuningdek, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi otaliqqa olgan maktablari (Yunusobod tumani 12-, 21- va 43-sonli umumta’lim maktablari)ga kuzatuv kameralari va yong‘inga qarshi o‘t o‘chirish vositalari yetkazib berdi.

Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Uchtepa tumanidagi 123-, 129-, 197- va 203-sonli umumta’lim maktablarida o‘qituvchilar nufuzini oshirishga, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga qaratilgan davra suhbatlari o‘tkazildi. Shuningdek, xorijiy tillarda chop etilgan qimmatbaho badiiy adabiyotlar, kompyuter jamlanmalari, antiseptik vositalar va o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing