XTV maktab o‘quvchilarining paypog‘i tekshirilganiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Toshkentdagi maktablardan birida o‘quvchilarning kalta paypoq kiygan-kiymagani tekshirilgani haqida xabar bergan edik. Bu holat bolalarga LGBTga qarshi kurash, deb tushuntirilgan.

Xalq ta’dimi vazirligi, ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotgan ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, mazkur hodisa Mirobod tumanidagi 110-maktabda bo‘lib o‘tgan. Ammo vazirlik tomonidan o‘quvchilarning paypog‘ini tekshirish bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan.

“Xalq ta’limi vazirligi tomonidan keltirilgan holat yuzasidan maktablarga hech qanday topshiriq berilmaganligini ma’lum qilamiz”, deydi vazirlik Matbuot kotibi Laylo Rustamova.

Hozirda holat tafsilotlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

maktab paypoq

Baholaganlar

541

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing