XTTB O‘zbekistonga yarim milliard dollar qarz beradi
Jamiyat
−
18 noyabr 2019
5128Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga 500 million dollard qarz ajratishi kutilmoqda. Ushbu pul joriy yilning 19 iyul kuni O‘zbekiston hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida imzolangan bitim asosida beriladi.
Qarzni so‘ndirish muddati 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda – 30 yil. Ajratiladigan qarz Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, XTTB tomonidan ajratiladigan qarzdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul hisoblanadi. Markaziy bank, Davlat statistika qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi loyihani amalga oshirish agentlari hisoblanadi.
Qarzni so‘ndirish, foizlar, komissiyalar va boshqa to‘lovlar O‘zbekiston respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va joriy yilning 14 noyabridan boshlab kuchga kirdi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi