XTB va Milliy gvardiya axboroti bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti. Kimga ishonish kerak?

Jamiyat

image

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida maktab o‘quvchisi o‘zini ko‘prikdan daryoga tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘lganda Milliy gvardiya xodimi uni qutqarib qolgani haqida xabar berilgandi.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi ham surishtiruv o‘tkazib, voqea qanday bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi umumta’lim maktabida o‘quvchi qiz Mingbuloq tumanida yashovchi otasini ko‘rgani ketayotib, Sirdaryo ko‘prigi ustida to‘xtagan. Biroq uning niyati suvga tashlash bo‘lmagan. 

Sirdaryo ko‘prigida xizmat faoliyatini olib borayotgan Milliy gvardiyaning viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari undan so‘rashganida ham shu haqda aytgan.

Shunga qaramay Milliy gvardiya xodimlari uni dastlab Ichki ishlar bo‘limiga olib kelib, keyin u o‘qiydigan umumiy o‘rta ta’lim maktabiga kelib, maktab direktori va o‘qituvchilar jamoasi bilan ushbu masalada yig‘ilish o‘tkazishgan. Yig‘ilishda pedagog hodimlarga o‘quvchilar tomonidan o‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha tushunchalar berilgan.

Shuningdek, o‘quv yili davomida maktab psixologlari tomonidan suitsidga moyillikni aniqlovchi testlar olinganda, test natijalariga ko‘ra bu o‘quvchida ham suitsidga moyillik kuzatilmagan.

“Ushbu holat yuzasidan u bilan suhbatlashilganda ham o‘z joniga qasd qilish niyati yo‘qligini ta’kidlagan. Holat yuzasidan aytish mumkinki, o‘quvchining maqsadi faqat otasining uyiga borib-kelish bo‘lgan xolos”, deyiladi boshqarma xabarida.

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi va "O‘zkimyosanoat" AJ "Navoiyazot" AJga qarshli PVX zavodidagi holat yuzasidan turlicha bayonot bilan chiqqanini ma’lum qilgandik.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Milliy gvardiya Xalq ta'limi boshqarmasi

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing