O‘zini Sirdaryoga tashlamoqchi bo‘lgan qiz qutqarib qolindi
Jamiyat
−
29 oktabr 2019 9490 1 daqiqa
Joriy yilning 26 oktyabr kuni Namanganda o‘zini daryoga tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan o‘smir qiz qutqarib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.
26 oktyabr kuni soat taxminan 14:30 da Namangan viloyati Mingbuloq tumanidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi ustidan o‘tgan ko‘prikda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ko‘prik ustida to‘xtagan maktab o‘quvchisida shubhali harakatlarni payqagan. Yoniga borib u bilan suhbatlasha boshlagan.

Suhbat chog‘ida o‘quvchi qiz maktabda yuz berayotgan ayrim holatlar sabab o‘zini suvga tashlamoqchi ekanligini ma’lum qilgan. O‘z o‘rnida Qo‘riqlash xizmati xodimlari o‘quvchining xatti-harakatlari noto‘g‘riligini ta’kidlab, uni niyatidan qaytargan.
Shundan so‘ng ushbu o‘quvchi yashash joyiga olib borilib, ota-onasiga vaziyat tushuntirilgan holda topshirilgan.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust