Xotinini pampers yeyishga majburlagan erkak jinoyati ochiq sudda ko‘riladi

3-sahifa

image

Yillik turmushi davomida rafiqasini muttasil kaltaklab, uni tahqirlab kelgan va bolalar tagligidagi axlatni yeyishga majburlagan samarqandlik Sh.Karimovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko‘riladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xabar berdi. 

1985 yilda tug‘ilgan Sh.Karimovga nisbatan ochiq sud jarayoni ertaga, 12 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida boshlanadi.  

Sh.Karimov o‘zining turmush o‘rtog‘i Mustahkam Vahobovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103 (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish), 105 (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) va 110 (qiynash) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Z.Ahmedova raisligida ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda eri tomonidan muttasil kaltaklanib kelgan Mustahkam Vahobova bundan avval uch marta o‘z joniga qasd qilgan. U ikki marta dori ichish va bir marta bilak tomirini kesish orqali o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

Joriy yilning 20 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik 35 yashar Sh. o‘zi yashayotgan xonadonida turmush o‘rtog‘i M.ni ayovsiz kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Oradan ko‘p o‘tmay, u Toshkentda qo‘lga olindi.

1995 yilda tug‘ilgan Mustahkam Vahobova turmush o‘rtog‘i 1985 yilda tug‘ilgan Sh.Karimov bilan 2012 yilda shar’iy nikohdan, 2015 yilda FXDYO bo‘limidan qonuniy nikohdan o‘tib yashab kelgan. Ularning ikki farzandi bor. Mustahkam Vahobova bloger "Aqida xanum" bilan suhbatda 16 yoshida turmush qurgani, farzandlarining kelajagi uchun turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmay yashab kelayotganini aytgan. 

Ayol so‘zida davom etarkan, eri bir vaqtlar unga itning axlatini yedirmoqchi bo‘lgani, keyin uch kunlik pampersni yedirganini aytadi.

“Qaynisinglim bilan o‘zaro tortishib qoldik. Turmush o‘rtog‘im buni bilib, uyga kelgach, eshiklarni qulfladi. Avvaliga meni urdi. Keyin hovlidan kuchugimizning axlatini topib kelishni buyurdi. Hovlilarni tozalaganman, itning axlati yo‘q deb aytdim. Bo‘lmasa, “hojatxonadan olib kel”, dedi. Hojatxona chuqur bo‘lgani uchun ololmadim. O‘zi ham harakat qildi, uddalamadi. “Yo itning axlatini yediraman, yo hojatxonadan olib, yuzingga surtib, hammaga sharmanda qilaman”, deydi Vahobova. 


Maqola muallifi

Teglar

Mustahkam

Baholaganlar

782

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing