Mustahkam eriga qonuniy jazo so‘rayapti. Er esa yarashishdan umidvor

3-sahifa

image

Kecha, 12 noyabr kuni eri tomonidan muttasil ravishda kaltaklanib kelgan samarqandlik Mustahkam Vahobovaning turmush o‘rtog‘i Sh.Karimovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqildi. 

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Z.Ahmedova raisligida ko‘rib chiqildi. Sud jarayoni tafsilotlari bilan tanishish uchun sudya Zarifa Ahmedova bilan bog‘landik. 

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi Sh.Karimov rafiqasi Mustahkam Vahobovaga qasddan og‘ir jarohat yetkazganini tan olib, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video haqiqiy ekanini ta’kidlagan. Lekin boshqa ayblovlarni tan olmasligini bildirgan. 

Shuningdek, sudlanuvchi, turmush o‘rtog‘i Mustahkam Vahobovadan xafa emasligi, hali ham bir-birini tushunib, kechirib, birga yashash tarafdori ekanini ta’kidlagan. Mustahkam Vahobova esa turmush o‘rtog‘i uni farzandining ko‘z o‘ngida tahqirlab, axlat to‘la taglikni yedirgani, bu kabi xo‘rliklar juda ko‘p sodir bo‘lganini aytib, turmush o‘rtog‘iga qonunda ko‘rsatilgan jazo berilishini so‘ragan.

Sh.Karimov turmush o‘rtog‘i Mustahkam Vahobovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103 (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish), 105 (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) va 110 (qiynash) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Hozircha sud ishi nihoyasiga yetmagan va tomonlar fikri eshitilib, o‘rganilgan. Sud 2020 yil 18 noyabr kuniga qadar tanaffus e’lon qildi.

Sud majlisi davom etadi. 

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Mustahkam

Baholaganlar

582

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing