Xotinini kaltaklagan qozog‘istonlik diplomatga jinoiy ish ochildi

Olam

image

Qozog‘istonlik diplomat Saken Mamashga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Lepexa ma’lum qildi.

“Biz qiynoq fakti bo‘yicha jinoiy ish ochdik. Hozircha uning (Saken Mamash) qayerdaligini ayta olmayman. Materiallar ekspertiza uchun yuborilgan, natijalari bo‘yicha protsessual qaror qabul qilinadi. So‘roq va yana boshqa narsalar o‘tkazilishi kerak”, deydi Igor Lepexa.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, diplomatga nisbatan ehtiyot chorasi ekspertiza tugagandan keyingina sanksiya qilinishi mumkin.

Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynoqlar)ga ko‘ra, Saken Mamash 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi maslahatchisi Saken Mamash o‘z xotinini muntazam kaltaklab kelgani va hatto 5 may kuni rafiqasining singlisiga nisbatan ham kuch ishlatgani ma’lum bo‘lgandi. Shundan so‘ng Saken Mamash o‘z lavozimidan chetlatildi.

Keyinchalik ayol Dubaydan vataniga qaytarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Saken Mamash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing