Xotinini farzandlari oldida o‘ldirgan er 17,5 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Jizzaxda o‘z xotinini farzandlari yonida pichoqlab o‘ldirgan shaxsga nisbatan 17,5 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi

Qayd etilishicha, holat 2022 yil 2 sentyabr kunida sodir bo‘lgan. Jizzax viloyatining Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida yashovchi er-xotin o‘rtasida o‘zaro janjal chiqib, u uch nafar farzandi bor onaning o‘limi bilan yakun topgan. Er janjal paytida turmush o‘rtog‘ini yuvinish xonasiga olib borib, farzandlarining ko‘z oldida ayovsiz kaltaklab, duch kelgan joyiga pichoq sanchgan. Tanasining turli qismlaridan jami 25 marta pichoq yegan ayol og‘ir jarohatlar bilan vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tumani sudi raisining aytishicha, o‘lim bilan yakunlangan janjalga oiladagi moddiy tomondan kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazo umumiy tartib kaloniyalarida o‘taladi.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida er xotinini qasddan yetti marotaba pichoqlab o‘ldirgan edi. Shuningdek, Jizzax viloyatida er rashk sabab avval xotinini keyin esa o‘zini pichoqlagani haqida xabar bergan edik


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Jizzax Oliy sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing