Xotin-qizlar uchun davlat granti hududlar kesimida taqsimlandi
Jamiyat
−
04 iyul 2023
6597
2023-2024 o‘quv yilida xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi kvotalarning hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy o‘quv yilida xotin-qizlar uchun eng ko‘p kvota Samarqand viloyatiga (227 ta) ajratilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida kvotalar taqsimoti quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
- Andijon viloyati – 183;
- Buxoro viloyati – 112;
- Jizzax viloyati – 81;
- Qashqadaryo viloyati – 193;
- Navoiy viloyati – 60;
- Namangan viloyati – 165;
- Surxondaryo viloyati – 155;
- Sirdaryo viloyati – 50;
- Toshkent viloyati – 177;
- Farg‘ona viloyati – 221;
- Xorazm viloyati – 110;
- Toshkent shahri – 155.