Xorvatiyada aldanib qolganlar O‘zbekistonga qaytarildi 

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Budapesht shahridagi elchixonasi tomonidan Xorvatiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida borib, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolgan o‘zbekistonliklar ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.  

Qayd etilishicha, ikki fuqaro A.A. va R.I. Xorvatiyadan O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘rab, elchixonaning konsullik bo‘limiga murojaat qilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, xususiy bandlik agentligi ushbu shaxslarni ishga joylashtirishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan aldagan. Oqibatda ishsiz, pulsiz og‘ir ahvolda qolib ketgan fuqarolar elchixonadan O‘zbekistonga qaytish uchun aviachipta sotib olishda moliyaviy yordam so‘ragan. 

Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda elchixona tomonidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. 

Bildirilishicha, o‘tkazilgan surishtiruv va kelishuvlar natijasida O‘zbekiston Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan murojaatchilarga aviachiptalar sotib olingan va fuqarolar O‘zbekistonga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning noyabr oyida O‘zbekiston elchixonasining Ukraina Milliy politsiyasi, shuningdek, Xalqaro migratsiya tashkilotining Ukraina va Moldovadagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda olib borgan harakatlari tufayli Kiyev viloyatida qiyin ahvolda qolgan 19 nafar fuqaro mamlakatga qaytarilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Xorvatiya firibgarlar Budapesht shahridagi elchixona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing