Ukrainada “qul” qilinganlar O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
04 noyabr 6991 2 daqiqa
O‘zbekiston elchixonasining Ukraina Milliy politsiyasi, shuningdek, Xalqaro migratsiya tashkilotining Ukraina va Moldovadagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor va muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari tufayli Kiyev viloyatida qiyin ahvolda qolgan 19 nafar fuqaro mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Kiyev viloyatidagi issiqxonada majburiy mehnatga jalb qilish maqsadida ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi xabarlar 18 sentyabr kuni Ukraina ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgandi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston elchixonasi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning qonuniy huquqlarini tiklash hamda Ukrainadan xavfsiz chiqib ketishlari uchun hujjatli va tashkiliy masalalarni hal qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tezda tashkil etgan.
Muzokaralar natijasida barcha 19 fuqaroga rasman “jabrlanuvchi” maqomi berilgan, bu ularga Ukraina qonunchiligiga muvofiq har qanday sanksiyalar qo‘llanilishi ehtimolini butunlay yo‘q qilgan.
Xalqaro migratsiya tashkilotining Ukraina va Moldovadagi ofislarining to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirishi bilan O‘zbekiston fuqarolari 28 oktyabr kuni Kiyevdan Kishinyovga avtomobil yo‘li orqali olib ketilgan. Moldova poytaxtida bo‘lganlarida ularga xavfsiz turarjoy, ovqat va zarur yordam ko‘rsatilgan. 2 noyabr kuni barcha 19 nafar fuqaro tashkilotning vakolatli vakillari hamrohligida Kishinyov-Istanbul-Urganch reysi bilan jo‘nab ketgan va kecha, 3 noyabr kuni O‘zbekistonga yetib kelgan.
“Fuqarolarning qaytishi O‘zbekiston diplomatiyasining yana bir muvaffaqiyatli namunasidir. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi mamlakatdagi vatandoshlarimizning ahvolini kuzatib borishda davom etmoqda, ularning qonuniy huquq va manfaatlarining buzilishi haqidagi har qanday xabarlarga tezkorlik bilan javob beradi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning Kiyev viloyatida og‘ir sharoitda majburiy mehnatga jalb qilinib, saqlanayotgan 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi aniqlangandi. Ushbu voqeadan so‘ng, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirgandi. Unda o‘zbekistonliklarga tegishli konsullik va huquqiy yordamni amalga oshirish maqsadida Ukraina TIV va Bosh prokurori ofisiga tegishli notalar yuborilgani hamda mazkur xolat yuzasidan jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchilar ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tatyotgani aytilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr