Xorxe Jezush “Al-Nasr”dan ketdi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubi bosh murabbiyi, portugaliyalik mutaxassis Xorxe Jezush o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

“Qanday sarguzasht. Qanday sahifa. Hammasi uchun Rahmat, ustoz”, deyiladi klub xabarida.

Joriy yilning 21 may kuni Saudiya Pro-ligasining 34-turida “Al-Nasr” o‘z maydonida “Damak”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va 86 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu Krishtianu Ronaldu 2023 yilda jamoaga kelganidan beri klubning eng yaxshi natijasi bo‘ldi. Avvalgi ikki mavsumda “Al-Nasr” chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunlagan edi.

Mazkur uchrashuvda Ronaldu dubl muallifi bo‘ldi. Shuningdek, Sadio Mane va Kingsli Koman ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona golini esa, Morlay Silla 57-daqiqada penaltidan kiritdi.

Mavsumning so‘nggi o‘yinidan keyin Xorxe Jezush Krishtianu Ronalduga chempionlikni qo‘lga kiritish haqida bergan va’dasini bajarganini aytdi va jamoani tark etayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Jezush 2025 yil iyul oyida “Al-Nasr” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Undan avval u Saudiya Arabistonining yana bir grandi – “Al-Hilol”ni boshqargan, ammo 2025 yilda klubdan ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni “Al-Nasr” Xorxe Jezush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing