Xorijliklardan O‘zbekistonga kirishi uchun $31 000 olgan “vizafurush”lar ushlandi
3-sahifa
−
10:25 1289 1 daqiqa
3 nafar xorijlikdan tanishlari orqali O‘zbekiston vizasini olib berish evaziga 31 200 AQSH dollari olganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs 3 nafar xorijiy fuqaroga noqonuniy ravishda O‘zbekiston hududiga kirish vizalarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 31 200 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu shaxs mazkur pul mablag‘ining 4 200 AQSH dollarini o‘zida qoldirib, qolgan 27 000 AQSH dollarini poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaroga berishi kerakligi aniqlanib, davom ettirilgan tezkor tadbirda u ham 27 000 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX va Bosh prokuraturaning IJQK departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida formasi, guvohnomasi va xizmat avtomobilidan foydalanib, odamlarni aldagan ichki ishlar xodimiga sud hukmi o‘qilgandi.
Live
Barchasi