Xorijdan kelgan 126 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 179 nafarga oshib, 12206 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 30 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 9 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 7530 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 4621 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 43 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing