Xorijda ota-onasiz qolgan bolalarni Vatanga qaytarish tartibi tasdiqlandi
Jamiyat
−
16 yanvar 2020
4103O‘zbekistonch Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini mamlakatga qaytarish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.
Respublika fuqarolarining xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolalari Ichki ishlar vazirligi (IIV) tomonidan vataniga qaytariladi. Ushbu norma O‘zbekistonda doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bolalariga ham tatbiq etiladi. Bunda 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni IIV va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda olib kelinadi.
Bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari mavjud bo‘lmasa, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari ularning fuqarolik mansubligini tasdiqlaydilar va mamlakatiga kirish (qaytish) huquqini beradigan vaqtinchalik hujjatni rasmiylashtiradilar.
TIV, shuningdek O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari ota-onasiz qolgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni olganidan keyin zudlik bilan TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboradi. Departament o‘z navbatida bir ish kuni davomida ma’lumotlarni IIVning Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga (HPBB) yuboradi. HPBB, 15 kun ichida bolalar bo‘yicha barcha ma’lumotlarni jamlab, IIVning mas’ul xodimlarini, zarurat tug‘ilganda Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlarini ham bolalarni qaytarish uchun ular turgan mamlakatga yuboradi.
Ushbu operatsiyada ishtirok etadigan xodimlarning soni qaytariladigan bolalar soniga bog‘liq bo‘ladi:
1–2 nafar bola uchun – 1 xodim;
3–4 nafar bola uchun – 2 xodim;
5 nafar va undan ko‘p bola uchun – 3 xodim.
3 yoshdan oshgan bolalar qaytarilganidan keyin Voyaga yetmaganlarga yashash joyi bo‘yicha ijtimoiy-huquqiy ko‘mak ko‘rsatish markaziga, 3 yoshgacha bo‘lganlari esa bolalar uyiga joylashtiriladi. O‘zbekistonda ona-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslari bo‘lgan bolalar qaytarilganidan keyin ularga beriladi.
LiveBarchasi